Sizga shuni ma’lum qilamizki, bugun soat 14:00 dan boshlab Jizzax shahri O‘ratepalik mahallasida magistral aloqa liniyasini ko‘chirish bo‘yicha rejalashtirilmagan ishlar munosabati bilan aloqa xizmatlari vaqtincha cheklanishi mumkin.
Mutaxassislar tarmoqning barqaror va sifatli ishlashini ta’minlash maqsadida zarur ishlarni olib bormoqda. Ishlar yakunlangandan so‘ng xizmatlar to‘liq tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun rahmat.